Dilso'z şarkı sözleri

Kun yig'ladim, tun yig'ladim, bilmadingiz, begim-ey, Chorladim ko'p, nazar qilib, kelmadingiz, begim-ey, Dunyolarga sig'may ketdim, o'zni otdim taqdirga, Bir olmadek oqdim soyda, olmadingiz, begim-ey. Ohlarimga osmon yig-lar, tog'lar aza tutadi, Bag'ri qonim bag'rimdagi nolalarga o'tadi, Sizni qaysi dilbar mendek toqat bilan kutadi, Firoqida g'arib qilgan bag'ritoshim, begim-ey. Yo'llar uzoq, ko'ngil yaqin desangiz ham bo'lardi, Ko'nglim senda degan so'zdan yarim ko'nglim to'lardi. Kelsangiz-a ko'ngildagi umid guli kulardi, Bugun ra`no bag'ri, evoh, alamingiz, begim-ey. Kelmadingiz, kelmadingiz, bilmadingiz, begim-ey, Bilmadingiz, bilmadingiz, kelmadingiz, begim-ey.

Sanatçının Fotoğrafı

Dilso'z