Nargiz Musayeva şarkı sözleri

Jonginam, ketaman, alvido! Yurakdan to‘kilar bir sado. Bizlardan qolgani shu nido - Alvido, alvido, alvido! Nahotki zoyedir ahdimiz, Sevgimiz, orzumiz, baxtimiz. Shunchalar ham omonat taxtimiz? Alvido, alvido, alvido! Ko‘zlarimni yumaman seni ko‘rmoqlik uchun! Bamisoli shabnam – nurga to‘ymoqlik uchun! Meni kechir, jonginam, sensiz yashay bilmadim! Men dunyoga kelganman seni sevmoqlik uchun! Shamollar to‘zg‘iydi isyonkor, Samolar yig‘laydi, dil – oshkor, Bu dunyo, azizim, riyokor, Alvido, alvido, alvido! Umrimiz xazondir g‘urbatda, Ruhimiz uchrashar albatta, Visolga yeturmiz jannatda, Alvido, alvido, alvido! Ko‘zlarimni yumaman seni ko‘rmoqlik uchun! Bamisoli shabnam – nurga to‘ymoqlik uchun! Meni kechir, jonginam, sensiz yashay bilmadim! Men dunyoga kelganman seni sevmoqlik uchun

Sanatçının Fotoğrafı

Nargiz Musayeva