Oxunjon Madaliev şarkı sözleri

Oqar suvlar oqaveradi,Bahor gullar taqaveradi,Kimdir sizga yoqaveradi -Bu dunyoda men bo‘lmasam ham.Uchib ketgan turnalar qaytar,Qaldirg‘ochlar qo‘shig‘in aytar,Kimdir sizga dardini aytar -Bu dunyoda men bo‘lmasam ham.Suzar samo daryosida oy,Sochaverar yulduzlar chiroy,Bo‘lardingiz yotga erkatoy -Bu dunyoda men bo‘lmasam ham.Qolaverar muhabbat mangu,Yo‘qolmaydi shodligu qayg‘u,Boshqa qo‘lda yig‘laydi chalg‘u -Bu dunyoda men bo‘lmasam ham.Demang, jonim: bu - yomon niyat,Garchi hayot o‘zi – haqiqat:Men-ku Sizni izlardim faqat,Bu dunyoda bo‘lmasangiz ham...

Sanatçının Fotoğrafı

Oxunjon Madaliev