Ozodbek Nazarbekov şarkı sözleri
Dard ustimdan kular, darmon topilmas, Boshimda xavf yelar, qalqon topilmas. [2x] Ko‘zlar seni izlar, yo‘lingga boqib, Sevaman deb aytgani imkon topilmas. [2x] Dard ustimdan kular, darmon topilmas, Boshimda xavf yelar, qalqon topilmas. Bog‘i Eramlardan kelganmisan yo, Xayollar suraman, bo‘ladi ro‘yo, [2x] Qachon yulduz bo‘lib, socharsan ziyo, Suhbat aylagani bir on topilmas. [2x] Dard ustimdan kular, darmon topilmas, Boshimda xavf yelar, qalqon topilmas. Har ne boshga tushdi, shirin so‘zladim, O‘zim ham bilmadim, neni ko‘zladim, [2x] Oyni ko‘rolmagan kimdek bo‘zladim, Sen-la birga bo‘lgani zamon topilmas. [2x] Dard ustimdan kular, darmon topilmas, Boshimda xavf yelar, qalqon topilmas. Ko‘zlar seni izlar, yo‘lingga boqib, Sevaman deb aytgani imkon topilmas. [2x] Dard ustimdan kular, darmon topilmas, Boshimda xavf yelar, qalqon topilmas.